Maʼmuriy ishlar boʻyicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti toʻgʻrisida 11-band. Ham jismoniy, ham yuridik shaxsdan davlat foydasiga undiriladigan davlat bojini…

Ham jismoniy, ham yuridik shaxsdan davlat foydasiga undiriladigan davlat bojini kechiktirish, boʻlib-boʻlib toʻlash masalasini hal qilishda, sud ularning bu xarajatlarni qisman yoki bir yoʻla toʻlashga qurbi yetmasligini tasdiqlovchi holatlar mavjudligi haqidagi dalillarni tekshirishi lozim. Pul mablagʻlarining mavjud emasligi toʻgʻrisidagi bankning tasdigʻi sudga murojaat qilingan sanadan koʻpi bilan uch kun oldingi sana bilan qayd etilgan boʻlishi lozim.