Maʼmuriy organlar va ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish boʻyicha sud amaliyoti haqida 10-band. Sudlarga tushuntirilsinki, harbiy boshqaruv organlari va ular mansabdor shaxslarining…

Sudlarga tushuntirilsinki, harbiy boshqaruv organlari va ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi), shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar chaqiruv komissiyalarining qarorlari ustidan shikoyatlar harbiy sudlar tomonidan koʻriladi (“Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 45-moddasi , “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 20²-moddasining sakkizinchi qismi ).