MSIYUtK 67-moddasining uchinchi qismiga muvofiq, mazkur toifaga oid ishlar boʻyicha nizolashilayotgan qarorning, harakatning (harakatsizlikning) qonuniyligini isbotlash majburiyati hujjatni qabul qilgan yoki nizolashilayotgan harakatni (harakatsizlikni) sodir etgan organ yoki mansabdor shaxs zimmasiga yuklatiladi. Ishni toʻgʻri hal qilish maqsadida, sud oʻz tashabbusi bilan dalillarni talab qilib olishga haqli. Sudning hujjatlarni taqdim etish toʻgʻrisidagi talabini bajarmaganligi uchun tegishli organ mansabdor shaxsi sud tomonidan jarimaga tortilishi mumkin (MSIYUtK 122-moddasi ).