Nomusga tegish va jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirishga doir ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 3-band. Nomusga tegish va jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirishda zoʻrlik ishlatish…

Nomusga tegish va jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirishda zoʻrlik ishlatish deganda jabrlanuvchining qarshiligini yengishga qaratilgan harakatlarni sodir etish, masalan, zarbalar berish, nafas yoʻllarini siqish, oyoqlari, qoʻllarini ushlab turish, kiyimlarini yirtish va h.k.lar tushuniladi. Nomusga tegish yoki jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirish paytida jabrlanuvchiga yengil yoki oʻrtacha ogʻir shikast yetkazilishi tegishlicha JK 118-moddasi yoki 119-moddasi dispozitsiyasi bilan qamrab olinadi va JK 105 , 109-moddalari , 126¹-moddasi birinchi — toʻrtinchi qismlari bilan qoʻshimcha kvalifikatsiya qilishni talab etmaydi. Agar nomusga tegish yoki jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirish paytida jabrlanuvchiga ogʻir shikast yetkazilsa, aybdorning harakatlari JK 118-moddasi yoki 119-moddasi va JK 104-moddasining tegishli qismi, 126¹-moddasi oltinchi qismi majmui bilan kvalifikatsiya qilinadi.