Odam savdosiga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 15-band. Odam savdosiga oid ishlarni koʻrishda sudlar mazkur jinoyat sodir etilishiga imkon…

Odam savdosiga oid ishlarni koʻrishda sudlar mazkur jinoyat sodir etilishiga imkon yaratgan barcha shaxslar javobgarlikka tortilgan tortilmaganligini sinchkovlik bilan tekshirishlari lozim. Ayni paytda ish boʻyicha shaxsning qonunga xilof ravishda jinoiy javobgarlikka tortilganligi aniqlangan taqdirda, sudlar jinoyat ishini yuritishga masʼul boʻlgan davlat organlari mansabdor shaxslariga nisbatan xususiy ajrim chiqarish yoʻli bilan munosabat bildirishlari lozim.