Poraxoʻrlik ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 13-band. Jinoyat kodeksining 210 , 211 , 212-moddalari 1,2 va 3-qismlarida koʻzda tutilgan…

Jinoyat kodeksining 210 , 211 , 212-moddalari 1,2 va 3-qismlarida koʻzda tutilgan belgilarga tushuvchi jinoyatni JKning 33-moddasida koʻrsatilgan qoidalarga asosan shu moddalarning 3-qismi bilan tavsiflash kerak. Bu holda hukmning tavsif qismida qilmishning barcha tavsiflash belgilari va mahkumning sodir etganlikda aybdor deb topilgan barcha harakatlari koʻrsatilishi zarur.