Poraxoʻrlik ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 14-band. Jinoyatning ijtimoiy xavfliligini bildiruvchi (tamagirlik, poraning koʻp yoki juda koʻp…

Jinoyatning ijtimoiy xavfliligini bildiruvchi (tamagirlik, poraning koʻp yoki juda koʻp miqdori) tavsiflash belgilari jinoyat ishtirokchilarining ham aybiga, agarda bu holatlar ularning qasdi bilan qamrab olingan boʻlsa, qoʻyilishi lozim. Shuning bilan birga jinoyat ishtirokchilarining harakatlarini tavsiflashda jinoyatning boshqa ishtirokchilarini taʼriflovchi (bir necha bor pora olish, berish, pora olish-berishda vositachilik qilish, poraxoʻrlik uchun sudlanganlik kabi) holatlar inobatga olinmasligi kerak.