Poraxoʻrlik ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 18-band. Poraxoʻrlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrayotganda sudlar jazo tayinlashda alohida…

Poraxoʻrlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrayotganda sudlar jazo tayinlashda alohida yondashish toʻgʻrisidagi qonun talabiga qattiq rioya qilishlari lozim, toki pora olish, pora berish, pora olish-berishda vositachilik qilishda aybdorlarga asossiz ravishda yengil yoki boʻlmasa qilmishiga mos boʻlmagan ogʻir jazo tayinlashga yoʻl qoʻyilmasin.