Poraxoʻrlik ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 19-band. Poraxoʻrlik haqidagi ishlarni koʻrayotganda sudlar ushbu jinoyatlarning sodir etilishiga…

Poraxoʻrlik haqidagi ishlarni koʻrayotganda sudlar ushbu jinoyatlarning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabab va shart-sharoitlarni aniqlashga va ularni xususiy ajrim chiqarish yoʻli bilan tegishli tashkilotlarning tegishli rahbarlaridan bartaraf qilishni talab qilishga majburdirlar. Bu oʻrinda sansolarlik, byurokratlik, oshna-ogʻaynichilik, mansabdor shaxslar tomonidan oʻz huquqlarini boshqa shaxslarga nazoratsiz berib qoʻyish hollariga alohida eʼtibor qaratish lozim, huquqni himoya qiluvchi organlarning poraxoʻrlik haqidagi xabarlarga nisbatan harakatsizligi yoki fuqarolarning qonuniy huquq va xohish-istaklarining buzilishi hollariga munosabat bildirilishi kerak. Sudlar poraxoʻrlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyotini muntazam umumlashtirib borishlari, ushbu toifadagi ishlarni koʻrishda yoʻl qoʻyilayotgan xatolarni oʻz vaqtida aniqlashlari va bartaraf etishlari lozim.