Qasddan odam oʻldirishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 2-band. Shuni eʼtiborda tutish lozimki, qasddan odam oʻldirish jinoyati ham toʻgʻri, ham egri…

Shuni eʼtiborda tutish lozimki, qasddan odam oʻldirish jinoyati ham toʻgʻri, ham egri qasd bilan sodir etilishi mumkin. Qasddan odam oʻldirish jinoyatini sodir etayotganda aybdor jabrlanuvchini hayotdan mahrum etish qasdi bilan harakat qiladi, qilmishining ijtimoiy xavfli oqibatlariga koʻzi yetadi, oʻlim yuz berishini istaydi (toʻgʻri qasd) yoki bunga ongli ravishda yoʻl qoʻyadi (egri qasd).