Qasddan odam oʻldirishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 5-band. Agar qilmishda Jinoyat kodeksi 97-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatib oʻtilgan…

Agar qilmishda Jinoyat kodeksi 97-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatib oʻtilgan kvalifikatsiya belgilari, shuningdek, mazkur Kodeksning 98–101-moddalarida nazarda tutilgan jazoni yengillashtiruvchi holatlar mavjud boʻlmasa, masalan, qotillik bezorilik tuygʻulari bilan emas, balki oʻzaro janjal yoki urishish natijasida, rashk tufayli, oʻch olish, hasad, adovat, nafrat oqibatida sodir etilgan boʻlsa, qasddan odam oʻldirish jinoyati JK 97-moddasining birinchi qismi boʻyicha kvalifikatsiya qilinadi.