Aqli norasolik, tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash, shifoxona turini belgilash, shuningdek shaxsni sogʻliqni saqlash organlariga umumiy asoslarda davolash yoki ruhiy holati buzilgan shaxslar uchun moʻljallangan tibbiy-ijtimoiy muassasalarga joylashtirish masalasini hal qilish uchun berish toʻgʻrisidagi masalalar boʻyicha uzil-kesil qaror qabul qilish vakolati sudga tegishlidir. Shuning uchun ekspert-psixiatrlar xulosasi sud tomonidan ishda mavjud barcha materiallar majmuidan kelib chiqqan holda, sinchiklab baholanishi lozim.