Agar qonunda muayyan qilmish uchun jinoiy javobgarlik maʼmuriy jazo qoʻllanilgandan soʻng kelib chiqishi belgilangan boʻlib, biroq uni sodir etishda aqli noraso deb topilgan shaxs muqaddam aynan shunday qilmishi uchun maʼmuriy javobgarlikka tortilmagan boʻlsa, tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilmaydi. Bunday ish jinoyat hodisasi boʻlmaganligi sababli tugatilishi lozim. Qabul qilingan qaror toʻgʻrisida sud sogʻliqni saqlash organlariga Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-maydagi “Psixiatriya yordami toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq shaxsga umumiy asoslarda psixiatriya yordami koʻrsatilishi uchun xabar beradi.