Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrish boʻyicha sud amaliyotini vaqti-vaqti bilan umumlashtirishlari, bu toifadagi ishlar boʻyicha sud qarorlari qonuniyligi va asosliligini chuqur tekshirishlari, yoʻl qoʻyilgan qonun buzilishlarini oʻz vaqtida bartaraf etishlari lozim.