Ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 3-band. Agar jinoyat sodir etgan shaxsda hukm chiqarilguniga qadar oʻz harakatlarining…

Agar jinoyat sodir etgan shaxsda hukm chiqarilguniga qadar oʻz harakatlarining ahamiyatini anglay olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan tarzda ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan boʻlsa, u javobgarlikdan ozod qilinadi (JK 67-moddasi ). Hukm chiqarilganidan keyin oʻz harakatlarining ahamiyatini anglay olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan tarzda ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan shaxs jazoni oʻtashdan ozod qilinishi lozim (JK 75-moddasi ).