Jinoyat kodeksining 189-moddasi va Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 164 va 168-moddalarida javobgarlik nazarda tutilgan savdo yoki xizmat koʻrsatish qoidalarini buzish deganda savdo va xizmat koʻrsatish sohasidagi huquqiy munosabatlarni tartibga soladigan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining buzilishi tushunilmogʻi lozim. Bunda sud aybdor tomonidan aynan qaysi savdo qoidasi buzilganligini koʻrsatishi shart.