Shaxsni gʻayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga hamda sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga yotqizish yoki uning ushbu muassasalarda yotishi muddatini uzaytirish bilan bogʻliq fuqarolik ishlari boʻyicha sud amaliyoti haqida 14-band. Sudlar shaxsni gʻayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga hamda sil kasalligiga…

Sudlar shaxsni gʻayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga hamda sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga yotqizish yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish bilan bogʻliq fuqarolik ishlarini koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasining “Psixiatriya yordami toʻgʻrisida”gi Qonuni 34 va 36-moddalarida va “Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni 12²-moddasida belgilangan muddatlarga qanchalik rioya qilinganligiga alohida eʼtibor qaratishlari, ishlarni koʻrishda aniqlangan qonun buzilishi hollariga xususiy ajrim chiqarish orqali (FPK 275-moddasi ) munosabat bildirishlari lozim.