Sud amaliyotida bitimlarni tartibga soluvchi qonunchilik normalarini tatbiq qilishda vujudga keladigan ayrim masalalar toʻgʻrisida 10-band. FKning 122-123-moddalarida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha bitimni haqiqiy emas deb topish…

FKning 122-123-moddalarida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha bitimni haqiqiy emas deb topish haqidagi nizolarni koʻrishda sudlar yanglishish taʼsirida, aldash, zoʻrlik, qoʻrqitish, bir taraf vakilining ikkinchi taraf bilan yomon niyatda kelishishi yoki ogʻir holatlar yuz berishi taʼsirida tuzilgan bitim tushunchalarini bir-biridan farqlashlari lozim. Yanglishish taʼsirida tuzilgan bitim deb, bitim yuzasidan kelib chiquvchi taraflarning huquq va majburiyatlari toʻgʻrisida notoʻgʻri tasavvurga ega boʻlish, yaʼni taraflarning haqiqiy xohish-irodasini aks ettirmasdan, bitim tuzilgan vaqtda taraflar tomonidan nazarda tutilmagan huquqiy oqibatlarga olib kelgan bitim tushuniladi. Yanglishish har xil holatlarda koʻrinishi mumkin, masalan, muzokara vaqtida taraflar bir-birlarini tushunmaganliklari, qonunlarni notoʻgʻri talqin qilganliklari, bitimning haqiqiy oqibatlarini notoʻgʻri tasavvur etganliklari va boshqalar. Shu bilan birga qonunni bilmaslik bitimning ushbu asos bilan haqiqiy emasligini keltirib chiqarmaydi. Aldash bu bir tarafning bitim tuzilishida nazarda tutilgan holatlarning yuzaga kelmasligini bila turib, atayin ikkinchi tarafni bitim tuzishga undashga qaratilgan aybli harakatidir. Aldash bitimning elementlariga, uning doirasidan tashqaridagi holatlarga, shuningdek, bitimni amalga oshirish yuzasidan bitim ishtirokchisi xohish-irodasini shakllantirish uchun ahamiyatga ega boʻlgan sabab va motivlarga qaratilgan boʻladi. Zoʻrlik deb, bitim ishtirokchisiga (uning yaqin kishilariga) jismoniy yoki ruhiy azob berish natijasida bitim tuzishga majbur qilish tushuniladi. Zoʻrlik noqonuniy xatti-harakat boʻlib, jinoiy javobgarlikka tortish shart boʻlmagan harakatlarda ham koʻrinishi mumkin. Masalan, xizmat vakolatidan foydalangan holda shartnoma yuzasidan majburiyat oluvchining erkiga taʼsir qilish. Qoʻrqitish deb, bitim ishtirokchisining erkiga ruhiy taʼsir koʻrsatish natijasida uning uchun noqulay boʻlgan bitim tuzishga majburlash tushuniladi. Bunda shuni nazarda tutish lozi