Sud amaliyotida bitimlarni tartibga soluvchi qonunchilik normalarini tatbiq qilishda vujudga keladigan ayrim masalalar toʻgʻrisida 21-band. Bir vaqtning oʻzida sotib oluvchining huquqini oʻtkazish va oldi-sotdi shartnomasini…

Bir vaqtning oʻzida sotib oluvchining huquqini oʻtkazish va oldi-sotdi shartnomasini haqiqiy emas deb topish haqida talablar arz qilinganda, sud arz qilingan talablarga aniqlik kiritishi lozim, chunki umumiy ulushli mulkda boʻlgan mulkni sotishda oldi-sotdi shartnomasi boʻyicha sotib oluvchining huquq va majburiyatlarini oʻtkazish toʻgʻrisidagi talablar imtiyozli sotib olish huquqi buzilganligi yoki boshqa asoslar boʻyicha shartnomani haqiqiy emas deb topishni istisno qiladi.