Sudlarga tushuntirilsinki, Qonunning 34-moddasi birinchi qismiga muvofiq: agar sud tomonidan aniqlangan huquqiy munosabat huquqiy vorislikka yoʻl qoʻysa, qarzdor vafot etganda, u vafot etgan deb eʼlon qilinganda yoki bedarak yoʻqolgan deb topilganda; agar qonunchilikda nizolashishga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa, qarzdor ijro hujjati yuzasidan sud tartibida nizolashganda; maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish vakolatiga ega organlarning qarorlari (mansabdor shaxslarning harakatlari) ustidan sudga shikoyat berilganda; ijro hujjati boʻyicha undiruv qaratilgan mol-mulkni roʻyxatdan chiqarish (xatlashdan ozod qilish) toʻgʻrisida sudga daʼvo arizasi berilganda; ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan boshqa asoslar vujudga kelganda ijro ishini yuritish toʻxtatib turilishi shart. Shuni nazarda tutish lozimki, Qonunning 35-moddasi birinchi qismiga koʻra: qarzdor yoki undiruvchi ijro hujjatini bergan tegishli sudga ijro hujjatini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib ijro etish, ijro etish usuli va tartibini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilganda; qarzdor uzoq muddatli xizmat safarida boʻlganda yoki statsionar davolash muassasasida davolanayotganda; davlat ijrochisining harakatlari (qarorlari) ustidan shikoyat berilganda; roʻyxatga olingan mol-mulkni baholash natijalari yuzasidan nizolashilganda sud tomonidan ijro ishini yuritish toʻxtatib turilishi mumkin. Sudlar ijro ish yuritishning toʻxtatilishi kelgusida ijro hujjatining ijrosini qiyinlashtirishi yoki uni bajarib boʻlmaydigan qilib qoʻyishini yuzaga keltirmasligi lozimligini nazarda tutishlari kerak. Ijro ishi yuritishni toʻxtatib turish haqidagi ariza, u kelib tushgan kundan boshlab fuqarolik ishlari boʻyicha sud tomonidan oʻn kunlik, iqtisodiy va maʼmuriy sudlar tomonidan esa yigirma kunlik muddat ichida taraflar chaqirtirilmasdan va sud muhokamasi oʻtkazilmasdan koʻrib chiqiladi. Ijro ishi yuritishni toʻxtatib turish haqida sud ajrim chiqaradi. Ushbu ajrim ustidan FPK, IPK yoki MS