Sud hujjatlarini ijro etishga oid qonun hujjatlarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida 21-band. Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 284-moddasiga muvofiq, garovga qoʻyilgan…

Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 284-moddasiga muvofiq, garovga qoʻyilgan mol-mulkka mulk huquqi yoki uni xoʻjalik asosida yuritish huquqi bu mol-mulkni haq olib yoki haq olmasdan boshqa shaxsga berish natijasida yoxud universal huquqiy vorislik tartibida garovga qoʻyuvchidan boshqa shaxsga oʻtgan taqdirda garov huquqi oʻz kuchida qoladi, bundan muomaladagi tovarlarning garovi hamda garovga qoʻyilgan mol-mulkka boʻlgan mulk huquqi yoki xoʻjalik asosida yuritish huquqi garovni saqlamagan holda boshqa shaxsga oʻtishiga garovga oluvchi rozilik bildirgan hollar mustasno. Shu munosabat bilan davlat ijrochisi sud tomonidan undiruv qaratilgan garovdagi mulk boshqa shaxsga sotilganligini asos qilib, ijro ishi yurituvini tugatishga haqli emas.