Sud hujjatlarini ijro etishga oid qonun hujjatlarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida 23-band. Agar qarzdor — jismoniy shaxs tomonidan sud hujjati asosida berilgan ijro hujjatidagi…

Agar qarzdor — jismoniy shaxs tomonidan sud hujjati asosida berilgan ijro hujjatidagi talablar ijro etilmasa, davlat ijrochisi undiruvchining arizasi yoki oʻz tashabbusi bilan qarzdorning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqib ketishini cheklash toʻgʻrisida qaror chiqarishga haqli. Agar ijro hujjati sud hujjati asosida berilmagan boʻlsa, chiqib ketishni cheklash undiruvchi yoki davlat ijrochisining arizasiga asosan fuqarolik ishlari boʻyicha sudlar tomonidan amalga oshiriladi.