Sudlanganlik holati tugallanishi va olib tashlanishiga oid qonunchilikni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 5-band. Sudlanganlik holati tugallangan yoki olib tashlangan paytdan boshlab shaxs sudlanmagan…

Sudlanganlik holati tugallangan yoki olib tashlangan paytdan boshlab shaxs sudlanmagan hisoblanib, ushbu shaxs tomonidan jinoyat sodir etilganligi fakti va uning uchun sudlanganlik bilan bogʻliq barcha huquqiy oqibatlar qatʼiyan va soʻzsiz bekor boʻladi. Sudlar, sudlanganlik holati olib tashlanishini shaxsni reabilitatsiya qilishdan farqlashlari lozim. Shaxs reabilitatsiya qilinganda, davlat u jinoyat sodir etganlikda xato aybdor deb topilganligini tan oladi. Sudlanganlik holati olib tashlanganda shaxs tomonidan jinoyat sodir etilganligi fakti inkor etilmay, faqat jinoiy javobgarlikka tortish oqibatlarini muddatidan ilgari tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.