Sudlanganlik holati tugallanishi va olib tashlanishiga oid qonunchilikni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 6-band. Jinoyat kodeksi 13-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq, qilmishning jinoiyligini bekor…

Jinoyat kodeksi 13-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq, qilmishning jinoiyligini bekor qiladigan, jazoni yengillashtiradigan yoki shaxsning ahvolini boshqacha tarzda yaxshilaydigan qonun orqaga qaytish kuchiga ega. Shu munosabat bilan, agar surishtiruv, dastlabki tergov olib borilayotgan, ish sudda koʻrilayotgan yoki shaxs jazo oʻtayotgan davrda uning tomonidan sodir etilgan qilmish jinoiyligini bekor qiladigan qonun qabul qilinsa, bunday holda shaxs jinoiy javobgarlik va jazodan ozod qilinadi va qilmish jinoiyligini bekor qilgan qonun kuchga kirgan paytdan sudlanmagan hisoblanadi. Mazkur qoida jazoni oʻtab boʻlgan, biroq sudlanganlik holatida boʻlgan shaxslarga nisbatan ham tatbiq etiladi.