Sudlanganlik holati tugallanishi va olib tashlanishiga oid qonunchilikni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 7-band. Qonunga muvofiq sudlanganlik holati tugallanishi yoki olib tashlanishi muddatlarini (JK…

Qonunga muvofiq sudlanganlik holati tugallanishi yoki olib tashlanishi muddatlarini (JK 78 , 80-moddalari ) hisoblash asosiy va qoʻshimcha jazolar oʻtab boʻlingan yoki sinov muddati oʻtib boʻlgan kundan boshlanadi. Masalan, intizomiy qismga joʻnatish, ozodlikdan mahrum qilish jazolariga qoʻshimcha sifatida muayyan mansabni egallash yoki muayyan faoliyat bilan shugʻullanish huquqidan mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlangan holda, bu jazo qayd etilgan asosiy jazolarni oʻtashning barcha vaqtiga tatbiq etilib, sudlanganlik holati tugallanishi yoki olib tashlanishi muddatlari esa qoʻshimcha jazo oʻtab boʻlingan paytdan boshlab hisoblanadi.