Jarima yoki axloq tuzatish ishi jazosiga hukm qilinib, boshqa jazo turiga almashtirilgan shaxsning sudlanganlik holati tegishlicha JK 78-moddasining “ g , d , e , j ” bandlarida koʻrsatilgan muddat oʻtishi bilan tugallanadi. Bunday holda sudlanganlik holati muddatining tugashi JK 80-moddasi uchinchi qismiga muvofiq JK 44-moddasining uchinchi qismi yoki JK 46-moddasining toʻrtinchi qismiga koʻra belgilangan jazo turi oʻtalgan kundan boshlab hisoblanadi.