Sudlar tomonidan er va xotinning umumiy mol-mulkini boʻlish haqidagi ishlarni koʻrishda qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida 12-band. Umumiy mol-mulkni boʻlishda, OK 28-moddasining toʻrtinchi qismiga asosan er yoki xotindan…

Umumiy mol-mulkni boʻlishda, OK 28-moddasining toʻrtinchi qismiga asosan er yoki xotindan biri tomonidan er yoki xotinning erkiga zid ravishda va oila manfaatiga mos boʻlmagan tarzda sarflangan mol-mulk yoxud uning qiymati hisobga olinadi. Agar er yoki xotin umumiy mol-mulkni yashirgan, unga zarar yetkazgan yoki yoʻq qilgan boʻlsa, sud oila va fuqarolik huquqining umumiy tamoyillari (huquq oʻxshashligi), shuningdek halollik va adolat tamoyillaridan kelib chiqib, mol-mulkni boʻlishda ushbu mol-mulkni yoki uning qiymatini hisobga olishi mumkin (OK 7-moddasi ).