Sudlar tomonidan er va xotinning umumiy mol-mulkini boʻlish haqidagi ishlarni koʻrishda qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida 19-band. Shartnoma asosida mol-mulk olinganda (masalan, koʻchmas mulk, yer uchastkasi…

Shartnoma asosida mol-mulk olinganda (masalan, koʻchmas mulk, yer uchastkasi, avtotransport vositasi oldi-sotdi shartnomalari va hokazo) mulk huquqi FK 185-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq, shartnoma roʻyxatdan oʻtkazilgan yoki notarial tartibda tasdiqlangan paytdan boshlab vujudga keladi. Agar mol-mulk shartnoma asosida nikoh davomida olingan boʻlib, shartnoma er-xotin nikohdan ajratilgandan soʻng roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlsa, mol-mulkni boʻlish toʻgʻrisidagi ishni koʻrishda, sud OK 23-moddasi talablariga amal qilishi lozim. Aksincha, mol-mulk shartnoma asosida nikohga qadar olingan boʻlib, shartnoma er-xotin nikohga kirgandan soʻng davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan holda, basharti mol-mulk boʻlajak er-xotinning umumiy mablagʻlari hisobiga olinganligi isbotlanmasa, sud OK 25-moddasi talablariga amal qilishi lozim.