Sudlar tomonidan farzandlikka olish haqidagi ishlar boʻyicha qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida 10-band. Ishni sudda koʻrishga tayyorlash jarayonida sud farzandlikka olinayotgan bolaning yashash…

Ishni sudda koʻrishga tayyorlash jarayonida sud farzandlikka olinayotgan bolaning yashash (turgan) joyidagi vasiylik va homiylik organlari zimmasiga farzandlikka olish asosli ekanligi va farzandlikka olinayotgan bolaning manfaatlariga muvofiqligi toʻgʻrisida sudga xulosa taqdim etish yuklatilishi sababli, sudlar ota-onaning bola farzandlikka olinishiga roziligi bunday xulosa uchun zarur hujjatlardan biri ekanligiga va nizom talablariga muvofiq ariza notarial tasdiqlangan boʻlishi lozimligini inobatga olishlari talab qilinadi. Oila kodeksining 158-moddasiga asosan vasiylik yoki homiylikdagi bolani farzandlikka olish, agar uning ota-onasidan rozilik talab qilinmaydigan boʻlsa, vasiy yoki homiyning roziligi bilan amalga oshiriladi. Shu bilan birgalikda sudlar Oila kodeksining 160-moddasida belgilangan hollardagina farzandlikka olishga ota-onaning roziligisiz yoʻl qoʻyilishini inobatga olishlari lozim.