Farzandlikka olish toʻgʻrisidagi ishni mazmunan koʻrib chiqib, sud arizani qanoatlantirish toʻgʻrisida yoxud uni qanoatlantirishni butunlay yoki qisman rad etish haqida hal qiluv qarori chiqarishga haqli. Sud arizani hal etishda Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 152-moddasida nazarda tutilgan farzandlikka olishni istisno qiluvchi holatlar bor-yoʻqligini aniqlashi shart. Sud, jumladan, shuni inobatga olishi lozimki, quyidagi shaxslar farzandlikka oluvchi boʻlishlari mumkin emas: ota-onalik huquqidan mahrum qilingan yoki ota-onalik huquqi cheklanganlar; qonun bilan belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilganlar; asab kasalliklari yoki narkologiya muassasalarida roʻyxatda turuvchilar; Oila kodeksi 169-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha farzandlikka olganligi bekor qilingan sobiq farzandlikka oluvchilar; hayotga, sogʻliqqa qarshi jinoyatlar, hayot yoki sogʻliq uchun xavfli boʻlgan jinoyatlar, jinsiy erkinlikka, oilaga, yoshlarga va axloqqa qarshi, shaxsning ozodligiga, shaʼni va qadr-qimmatiga qarshi (bundan tuhmat, haqorat qilish mustasno), fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi (bundan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish, mualliflik yoki ixtirochilik huquqlarini buzish mustasno), tinchlikka va insoniyatning xavfsizligiga qarshi, Oʻzbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlar, oʻzganing mol-mulkini talon-toroj qilish bilan bogʻliq boʻlgan jinoyatlar, jinoiy yoʻl bilan topilgan mol-mulkni olish yoki oʻtkazish, tijoratda pora evaziga ogʻdirib olish yoxud nodavlat tijorat tashkilotining yoki boshqa nodavlat tashkilotining xizmatchisini pora evaziga ogʻdirib olish, boshqaruv tartibiga, shuningdek odil sudlovga qarshi jinoyatlar, qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash, jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar (bundan uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonu