Nazarda tutmoq lozimki, Nizom talablariga muvofiq farzandlikka oluvchilar boʻlish imkoniyati toʻgʻrisida xulosa tayyorlash uchun vasiylik va homiylik organi bolani farzandlikka olishni xohlagan shaxslarning turmush sharoitlarini oʻrganish natijalari boʻyicha dalolatnoma tuzadi va dalolatnoma boshqa zarur hujjatlar bilan birga ariza beruvchilarni farzandlikka olishga nomzodlar sifatida hisobga qoʻyish uchun asos hisoblanadi. Shu sababli sudlar farzandlikka oluvchilarning turmush sharoitlarini oʻrganish haqidagi dalolatnomalarni ish boʻyicha boshqa dalillar bilan birgalikda tekshirish va baholash lozimligiga eʼtibor qaratishlari lozim.