Tushuntirilsinki, Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi Qonuniga muvofiq Oila kodeksi farzandlikka olishni haqiqiy emas deb topish asoslarini nazarda tutmaydi. Shu bilan birgalikda sudlar, FK 4-moddasining 1-qismiga koʻra fuqarolik qonun hujjatlari orqaga qaytish kuchiga ega emasligi va ular amalga kiritilganidan keyin vujudga kelgan munosabatlarga nisbatan qoʻllanilishini nazarda tutmoqlari lozim.