Zarur dalillarni keyinchalik taqdim etish mumkin boʻlmay qoladi yoki qiyinlashadi, deb hisoblashga asosi boʻlgan shaxs iltimosiga koʻra, sud bunday dalillarni taʼminlash boʻyicha qonunda koʻzda tutilgan choralar koʻrishi lozim. Bunday choralar ish qoʻzgʻatilgunga qadar ham, qoʻzgʻatilganidan soʻng ham va, nafaqat ishni koʻrayotgan sud tomonidan, balki dalillarni taʼminlash boʻyicha sud topshirigʻi yuborilgan sud tomonidan ham koʻrilishi mumkin.