Qonun boʻyicha dalillarni tekshirish deganda, dalilni boshqa dalillar yordamida tekshirish, shuningdek, agar taqdim etilgan dalillarda qarama-qarshiliklar boʻlsa, ularni aniqlash va bartaraf etish tushuniladi. Sud ish boʻyicha qaror qabul qilishda sud muhokamasi davrida tekshirilmagan dalillarga havola qilishga haqli emas. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, qonunda shaxsiy yozishmalar, telegraf va boshqa xabarlarni ochiq sud majlisida eshittirish yoʻli bilan tekshirishga, faqat shu yozishma, telegraf va boshqa xabarlarni oʻzaro yozishgan shaxslar roziligi bilan yoʻl quyilishi mumkinligini nazarda tutuvchi maxsus qoidalar belgilangan.