Sudlar tomonidan fuqarolik ishlari boʻyicha dalillar va isbotlashga oid qonun normalarini qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida 8-band. FPK 239-moddasiga muvofiq, yozma va ashyoviy dalillarni sudga taqdim etish imkoniyati…

FPK 239-moddasiga muvofiq, yozma va ashyoviy dalillarni sudga taqdim etish imkoniyati boʻlmaganda, ular turgan joyida koʻzdan kechirilishi va tekshirilishi lozim. Yozma va ashyoviy dalillarni koʻzdan kechirish natijalari sud majlisi bayonnomasiga kiritiladi va unga koʻzdan kechirish paytida tuzilgan rejalar, chizmalar, suratlar, hisob-kitoblar, fotosuratlar, shuningdek ekspert xulosasi va mutaxassis maslahati ilova qilinadi.