Sudlar tomonidan fuqaroni muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topish haqidagi ishlarni koʻrish amaliyoti toʻgʻrisida 5-band. Fuqaroni muomala layoqati cheklangan deb topish toʻgʻrisidagi arizada spirtli…

Fuqaroni muomala layoqati cheklangan deb topish toʻgʻrisidagi arizada spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari, shuningdek, aql-idrokiga taʼsir koʻrsatuvchi boshqa moddalarni suiisteʼmol qilayotgan shaxs ushbu xatti-harakatlari bilan oʻz oilasini ogʻir moddiy ahvolga solib qoʻyayotganligidan dalolat beruvchi holatlar bayon qilinishi lozim. Fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb topish toʻgʻrisidagi arizada fuqaroda oʻz harakatlarining ahamiyatini anglash yoki ularni boshqarish imkoniyatidan mahrum etuvchi ruhiy buzilish (kasallik) yoxud aqli zaiflik alomatlarini koʻrsatuvchi holatlar bayon etilishi lozim (FPKning 311-moddasi ).