Qonunga koʻra, axloq tuzatish ishlari quyidagilarga qoʻllanilmaydi: pensiya yoshiga toʻlgan (60 yoshdan oshgan erkaklar, 55 yoshdan oshgan ayollar) shaxslarga; 16 yoshga toʻlmagan shaxslarga; mehnatga qobiliyatsiz shaxslar (birinchi va ikkinchi guruh nogironligi boʻlgan shaxslar)ga; homilador va uch yoshgacha bolasi bor ayollarga, shuningdek, uch yoshgacha boʻlgan bolani farzandlikka olgan yoki unga nisbatan vasiy boʻlgan shaxslarga; harbiy xizmatchilarga.