Sudlarga tushuntirilsinki, Jinoyat kodeksining 10-moddasida nazarda tutilgan javobgarlikning muqarrarlik prinsipi har doim ham jazo qoʻllanilishi shartligini anglatmaydi. Shu tufayli sudlar, ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan yoki uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatni birinchi marta sodir etgan, chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va jinoyatning ochilishiga faol yordam bergan, yetkazilgan zararni (ziyonni) qoplagan shaxslarni JK 65 , 66 , 70 , 71-moddalariga muvofiq javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilish masalasini muhokama qilishlari lozim.