Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida 30-band. Bir necha jinoyatlar uchun jazo tayinlashda jazo muddati Jinoyat kodeksining har bir…

Bir necha jinoyatlar uchun jazo tayinlashda jazo muddati Jinoyat kodeksining har bir moddasi boʻyicha alohida koʻrsatiladi. Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtash koloniyasining turi jinoyatlar majmui boʻyicha jazo tayinlangandan soʻng belgilanadi. Muqaddam ozodlikdan mahrum qilish jazosini oʻtamagan shaxsga jazoni oʻtash koloniya turini belgilashda, faqat qaysi jinoyatlar uchun ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanganligini inobatga olish lozim. Masalan, agar shaxs qasddan ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyat sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazoga, ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan yoki uncha ogʻir boʻlmagan jinoyati uchun esa ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanayotgan boʻlsa, unga uzil-kesil tayinlangan jazoni manzil koloniyalarda oʻtashi belgilanishi lozim. Biroq, agar ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyat sodir etganligi uchun ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazoga sudlangan, jazoni oʻtashdan boʻyin tovlagan shaxsga, sud tomonidan tayinlangan jazo ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtirilsa, jazoni oʻtash koloniya turi Jinoyat-ijroiya kodeksining 47 va 116-moddalarida nazarda tutilgan tartibda tayinlanadi.