Qonun boʻyicha (JK 72-moddasining sakkizinchi qismi ) shartli hukm qilingan shaxs tomonidan sinov muddati davomida yangi jinoyat sodir etilsa, sud unga JK 60-moddasida nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha jazo tayinlaydi. Bunda sud, uzil-kesil jazo tayinlashdan oldin, shartli hukm qilingan shaxsning xulqi ustidan nazorat olib boruvchi organ taqdimnomasi bor-yoʻqligidan qatʼiy nazar, birinchi hukmning shartliligini bekor qiladi. Bunday holda, bir necha hukm yuzasidan jazo tayinlash paytida sud, JK 72-moddasining yettinchi qismida nazarda tutilgan shartlarga rioya etgan holda yana shartli hukm qoʻllashi mumkin. 36¹. Shartli hukm yuridik tabiatiga koʻra, jinoiy jazodan ozod qilinishining bir turi hisoblanadi. Shu sababli sudlar JK 72-moddasida shartli hukmni bekor qilish uchun asos boʻladigan holatlar doirasi qatʼiy belgilanganligini nazarda tutishlari lozim. Shu bilan birga, shartli hukm qilingan shaxsning shu ish boʻyicha hukm chiqarilgunga qadar sodir etilgan boshqa jinoyatda ham aybdorligi aniqlangan xollarda, birinchi hukm boʻyicha jazo tayinlashda aybdorning shaxsiga doir barcha holatlar sudga maʼlum boʻlmaganligi sababli uning xulqini nazorat qilish sharoitida jazoni oʻtamasdan turib ham tuzatish mumkinligi haqida barvaqt xulosaga kelganligidan kelib chiqish lozim. Shularni eʼtiborga olib, sud birinchi hukm boʻyicha shartli sudlanganlikni bekor qilib, JK 59-moddasining 8-qismi tartibida uzil-kesil jazo tayinlaydi. Sudlar shuni ham nazarda tutishlari lozimki, birinchi hukm boʻyicha shartli sudlanganlik bekor qilinganida, JKning 72-moddasida koʻrsatilgan asoslarga koʻra, sud JK 59-moddasining 8-qismi tartibida uzil-kesil tayinlangan jazoni yana shartli deb topish masalasini muhokama qilishi mumkin. Bir necha jinoyat sodir etganlik uchun JK 59-moddasining 8-qismi tartibida uzil-kesil jazo tayinlanganligi shaxsning bitta sudlanganligini nazarda tutadi, shartli deb esa JK 72-moddasiga asosan faqat uzil-kesil tayinlangan jazo topilishi mumkin. Shunga koʻra, bunday holla