Jinoyat kodeksining 57-moddasida belgilangan qoidaga koʻra, ushbu kodeks Maxsus qismi moddasi sanksiyasida nazarda tutilmagan har qanday yengilroq asosiy jazo turi, jumladan, jarima, muayyan huquqdan mahrum qilish, majburiy jamoat ishlari, axloq tuzatish ishlari, xizmat boʻyicha cheklash, ozodlikni cheklash, intizomiy qismga joʻnatish kabi jazolar JK 44 — 49-moddalariga rioya qilingan holda tayinlanishi mumkin. Shu bilan birgalikda, sudlar JK 44 — 50-moddalarida (voyaga yetmaganlarga nisbatan JK 82 — 85-moddalarida ) nazarda tutilgan jazolarning minimal miqdoridan ham kamroq jazo tayinlash mumkin emasligiga alohida eʼtibor qaratishlari lozim.