Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida 4-band. Qonun tayinlanadigan jazo turi va meʼyorini aybdorning shaxsini tavsiflovchi obyektiv va…

Qonun tayinlanadigan jazo turi va meʼyorini aybdorning shaxsini tavsiflovchi obyektiv va ijtimoiy omillar bilan bogʻliq qilib qoʻyganligi tufayli sudlar jinoyat ishlarini koʻrib chiqish paytida mazkur holatlarni aniqlashlari shart. Obyektiv omillarga, xususan, aybdorning yoshi, jinsi, homiladorlik holati, ijtimoiy omillarga — sudlanganligi, oiladagi, jamiyatdagi xulq-atvori, mashgʻuloti, davlat yoki ijtimoiy mavqeyi va h.k. lar kiradi.