Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida 60-band. Sudlarga tushuntirilsinki, har bir qilmish uchun alohida jazo tayinlamasdan turib…

Sudlarga tushuntirilsinki, har bir qilmish uchun alohida jazo tayinlamasdan turib jinoyatlar majmui boʻyicha jazo belgilanishi yoki alohida jinoyatlar uchun jazo tayinlanib, jinoyatlar majmui boʻyicha uzil-kesil jazo tayinlanmasligi yoxud tayinlangan jazoga ilgarigi hukm boʻyicha tayinlangan va sudga maʼlum boʻlgan jazoning oʻtalmagan qismi qoʻshilmasligi jinoyat qonuni normalarining notoʻgʻri qoʻllanilishi sifatida baholanib, hukmning bekor qilinishiga olib keladi. Bir necha jinoyat yoki bir necha hukm yuzasidan ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan har xil jazolar tayinlanganda, shaxsning ushlab turilgan, uy qamogʻi va qamoqda saqlangan muddatlari JK 59 , 59-moddasining 8-qismi va (yoki) 60-moddasi tartibida jazo tayinlanganidan soʻng JKning 62-moddasiga asosan ogʻirroq jazodan chegirilishi lozim.