Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining quyidagi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin: 1996-yil 19-iyuldagi “Jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida”gi 16-sonli ; 1999-yil 14-maydagi “Jinoiy jazo choralarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyotida yuzaga kelgan ayrim masalalar haqida”gi 11-sonli ; 2000-yil 22-dekabrdagi “Jinoyat uchun jazo choralarini tayinlash borasida sud amaliyotida vujudga kelgan ayrim masalalar toʻgʻrisida”gi 31-sonli; 2002-yil 14-iyundagi “Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 10-sonli qarorning 5 , 20 , 26-bandlari ; 2003-yil 19-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tomonidan qabul qilingan ayrim qarorlarga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 20-sonli qarorning 2 , 6-bandlari .