Jazoni ogʻirlashtiruvchi holatlar doirasi (JK 56-moddasi ) qatʼiy belgilangan boʻlib, u sud tomonidan kengaytirilishi mumkin emas. Biroq, muayyan jinoyatning xususiyatlaridan kelib chiqib, sabablarini hukmda asoslantirgan holda sud ulardan birortasini ham jazoni ogʻirlashtiruvchi holat deb topmasligi mumkin. Jinoyat kodeksi 56-moddasi birinchi qismida koʻrsatilgan holatlar, agar ular jinoyat tarkibining belgisi sifatida nazarda tutilgan boʻlsa, jazoni ogʻirlashtiruvchi holat deb topilishi mumkin emas.