Xodimning vafot etganligi, shuningdek sud tomonidan xodimning bedarak yoʻqolgan deb eʼtirof etilganligi yoki vafot etgan deb eʼlon qilinganligi mehnat shartnomasini MK 168-moddasi birinchi qismining 8-bandiga asosan bekor qilishga asos boʻladi. Xodimning vafot etganligi vakolatli davlat idorasi tomonidan belgilangan tartibda berilgan oʻlim toʻgʻrisidagi guvohnoma bilan tasdiqlanadi. Fuqaroni oʻlgan deb eʼlon qilish haqidagi sud qaroriga asosan berilgan oʻlim toʻgʻrisidagi guvohnoma taqdim qilinganda ham mehnat shartnomasi bekor qilinadi.