Sudlar tomonidan mehnat shartnomasini bekor qilishni tartibga soluvchi qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida 67-band. MKning 564-moddasiga binoan, sudlar mehnat shartnomasini gʻayriqonuniy ravishda bekor…

MKning 564-moddasiga binoan, sudlar mehnat shartnomasini gʻayriqonuniy ravishda bekor qilish yoki xodimni gʻayriqonuniy boshqa ishga oʻtkazishda aybdor boʻlgan mansabdor shaxs zimmasiga ish beruvchiga yetkazilgan zarar oʻrnini qoplash majburiyatini yuklaydi. Bunday majburiyat agar mehnat shartnomasini bekor qilish yoki boshqa ishga oʻtkazish qonunni ochiq-oydin buzgan holda amalga oshirilgan, shuningdek ishga tiklash haqidagi hal qiluv qarorining ijrosini mansabdor shaxs kechiktirgan boʻlsa, yuklatiladi. Agar ishni koʻrish jarayonigacha mansabdor shaxs tashkilot bilan mehnat munosabatlarini tugatganda ham u tashkilotda ishlagan davrida qonunni buzib, mehnat shartnomasini bekor qilgan yoki boshqa ishga oʻtkazgan hamda ishga tiklash haqidagi qarorning ijrosini kechiktirgan boʻlsa, sud MKning 564-moddasiga binoan bu shaxsga moddiy javobgarlikni yuklashi mumkin, chunki mehnat munosabatlarining tugatilishi yetkazilgan zararni qoplash majburiyatidan uni ozod etmaydi. Moddiy zararning oʻrnini qoplash miqdori mansabdor shaxsning uch oylik maoshidan ortiq boʻlmasligi kerak. Mehnat shartnomasini qonunni ochiq-oydin buzgan holda bekor qilish deb quyidagilar hisoblanadi: qonunda koʻrsatilmagan asoslar boʻyicha; ish beruvchi tashabbusiga koʻra kasaba uyushmasi qoʻmitasi roziligisiz, agarda bunday rozilik olish lozimligi jamoa kelishuvi yoki jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan boʻlsa; ish beruvchining tashabbusiga koʻra oʻn sakkizga toʻlmagan shaxslar bilan mahalliy mehnat organining roziligini olmasdan bekor qilingan boʻlsa; ish beruvchining tashabbusiga koʻra xodimlarning vakillik organlari tarkibiga saylangan va ishlab chiqarishdagi ishidan ozod etilmagan xodimlar bilan hamda xodimlarning vakillik organlari tarkibiga saylangan xodimlar bilan ularning saylab qoʻyiladigan lavozimdagi vakolatlari tugaganidan keyin ikki yil ichida oʻz faoliyatini amalga oshirgan vakillik organining oldindan roziligini olmasdan bekor qilingan boʻlsa; xodimlarning tegishli vakillik organi rahbari bo