Sudlar tomonidan mehnat shartnomasini bekor qilishni tartibga soluvchi qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida 71-band. Xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi buyruq MKning eski…

Xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi buyruq MKning eski tahriri amalda boʻlgan vaqtda chiqarilganda, uning qonuniyligi oʻsha vaqtda amalda boʻlgan MKda belgilangan tartib asosida tekshiriladi, biroq sud mehnat shartnomasini gʻayriqonuniy ravishda bekor qilingan deb topsa, buyruqni bekor qilishning huquqiy oqibatlarini amaldagi MKda belgilangan qoidalarga asosan qoʻllaydi.