Sudlar tomonidan nikohdan ajratishga oid ishlar boʻyicha qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida 10-band. Nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi FPK 189 va 190-moddalari talablariga javob…

Nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi FPK 189 va 190-moddalari talablariga javob berishi kerak. Unda, jumladan nikoh qachon va qayerda rasmiylashtirilganligi, nikohdan bolalar bor-yoʻqligi, ularning yoshi, er-xotin oʻrtasida voyaga yetmagan bolalarni taʼminoti va tarbiyasi haqida kelishuvga erishilgan-erishilmaganligi, nikohdan ajratish sabablari, nikohdan ajratish haqidagi daʼvo bilan birga koʻrilishi mumkin boʻlgan boshqa talablar koʻrsatiladi. Nikohdan ajratish haqidagi arizaga nikoh tuzilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma, bolalar tugʻilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxalari, er-xotinning oylik maoshi va oʻzga daromadlari haqidagi, davlat boji va pochta xarajatlari toʻlanganligi toʻgʻrisidagi hujjatlar, daʼvo talablarini tasdiqlovchi dalillar, shuningdek nikohdan ajratish haqidagi nizo sudgacha hal qilinganligidan dalolat beruvchi daʼvogarning yashash joyidagi fuqarolar yigʻini yarashtirish komissiyasining xulosasi ilova qilinadi.