Sudlar tomonidan nikohdan ajratishga oid ishlar boʻyicha qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida 17-band. Nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi daʼvo rad etilgan taqdirda, mazkur daʼvo bilan birga…

Nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi daʼvo rad etilgan taqdirda, mazkur daʼvo bilan birga berilgan boshqa talablar sud tomonidan alohida ish yuritishga ajratilishi lozim (FPK 198-moddasi ). Agar daʼvogar nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi daʼvodan voz kechsa, ishning shu qismi ish yuritishdan tugatilishi, er yoki xotinning mazkur daʼvo bilan birga bergan boshqa talablari esa, mazmunan koʻrilishi lozim.